Buxorolik o‘quvchi IELTS 8.5 va SAT 1540 ball xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Buxorolik o‘quvchi IELTS 8.5 va SAT 1540 ball xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Buxoro shahridagi 38-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Niyozbek Komilov xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ball, shuningdek, SAT imtihonida 1500 ball natija qayd etib, nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

 

IELTS 8.5 (C2)

 

Listening – 9.0

 

Reading – 9.0

 

Writing – 7.5

 

Speaking – 8.5

 

SAT 1540 

 

Reading and Writing – 740 ball

 

Math – 800 ball

 

Bundan tashqari, u o‘zbekistonlik yosh IT mutaxassisi va tadbirkor sifatida “President Tech Award” tanlovida uning jamoasi IT sohasidagi innovatsion yechimlari bilan ishtirok etib, 100 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasini qo‘lga kiritgan.

 

Avvalroq, Navoiyda 14 yoshli o‘quvchi IELTS C1 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

 

Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti jurnalisti IELTS dan 9.0 ball olgan o’zbek qizi Nozima Qadamova bilan suhbat o‘tkazgan edi.