2026-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida qanday yangiliklar amalga oshiriladi?

2026-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida qanday yangiliklar amalga oshiriladi?

2026-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etiladi.

 

Jumladan, 2026-yildan boshlab:

 

– har ikki yilda bir marta “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari oʻtkaziladi. Tanlovlar gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

 

– har bir viloyatda bogʻcha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik koʻmaklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bogʻchalari barpo qilinadi.

 

– 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi.

 

– kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

 

– pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

 

– fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi;

 

– bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirgan pedagoglarga 2-malaka toifasi, magistrlarga 1-malaka toifasi beriladi;

 

– reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

 

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

 

– “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan belgilangan miqdorlarda toʻlanadi;

 

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.