Oliy ta’lim tizimida 11 oyda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ma’lum qilindi

Oliy ta’lim tizimida 11 oyda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ma’lum qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ngrotboy Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

 

Unda keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlangan.

 

Ammo shunga qaramay, Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy jinoyatlar ko‘rsatkichi, ya’ni korrupsiyaviy harakatlar oqibatida sudlangan xodimlar soni quyidagicha:

— 2023 yilda — 106 nafar xodim sudlangan;

— 2024 yilda — 90 nafar xodim sudlangan;

— 2025 yilning 11 oyida — 81 nafar xodim sudlangan.

 

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov parlament quyi palatasining majlisida ma’lum qilgan.