Davlat tomonidan g‘oliblari rag‘batlantiriladigan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro‘yxatiga yana bir olimpiada kiritildi

Davlat tomonidan g‘oliblari rag‘batlantiriladigan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro‘yxatiga yana bir olimpiada kiritildi

Hukumatning 2025-yil 17-dekabrdagi 797-son qaroriga asosan Xalqaro sunʼiy intellekt olimpiadasi (International Olympiad in Artificial Intelligence (IOAI) maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro‘yxatiga qoʻshildi.

 

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro olimpiadalarga oʻtkazilgan saralash bosqichlari natijalari asosida yoki Vazirlik tomonidan qoʻshimcha saralashlar oʻtkazish orqali shakllantirilishi mumkin.

 

Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi (IOAI)— 15–19 yosh orasidagi maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib, unda sun’iy intellekt, algoritmlar, mashinaviy o‘rganish va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkaziladi.

 

Davlat tomonidan g‘oliblari rag‘batlantiriladigan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro‘yxatiga yana bir olimpiada kiritildi