Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi. Xususan:
Tashimov Ruslan Raxmanbergenovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Dadajanov Fayzulloh Sirajiddin oʻgʻli — Andijon viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Andijon shahar 31-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Kamildjanov Muxammadjon Neʼmatdjonovich — Buxoro viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan);
Xolmurodova Gulrux Xolmamatovna — Qashqadaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Shaxrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Saidov Bexzod Yuldashbayevich — Xorazm viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktoridi lavozimida ishlagan);
Mirzayev Eldor Tadjiqul oʻgʻli — Toshkent viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
Ortiqov Shamsiddin Fahriddin oʻgʻli — Namangan viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Namangan shahar Davlatobod tumani 80-sonli maktab direktori lavozimida ishlagan);
Mamatov Avaz Muxitdinovich — Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Guliston Yoshlar texnoparki direktori lavozimida ishlagan);
Qodirov Firuzjon Usmonovich — Surxondaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Surxondaryo viloyati, Termiz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig‘i oʻrinbosari lavozimida ishlagan) etib tayinlandi.
