Navoiylik oʻquvchi IELTS 8 va SAT 1400 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Navoiylik oʻquvchi IELTS 8 va SAT 1400 ballik xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Navoiy viloyati Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-IATIDUMning 11-sinf o‘quvchisi Sevara Abdurashidova xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishdi.

 

Xususan, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8.0 ballni, shuningdek SAT imtihonidan 1400 ballik natijani qo‘lga kiritgan.

 

U SAT imtihon qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija ko‘rsatgan:

— Reading and Writing — 670;
— Math — 730.

 

IELTS imtihonidan esa:

— Listening 8.5;
— Reading 8.0;
— Writing 6,5;
— Speaking 8.0.

 

Avvalroq, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Yandillayev Ibrohim Bahodirovich xalqaro SAT imtihonida ishtirok etib, 1590 ball to‘plashganligi haqida xabar bergan edik.