HEMIS tizimiga yangi Tyutor vazifalari funksionali qo‘shildi. Ushbu imkoniyat orqali har bir tyutor o‘zining ish rejasini shakllantirishi, bajarilgan ishlar natijasini kiritishi hamda hisobotlarni yuklab borishi mumkin.
Funksional qanday ishlaydi?
Yangi vazifa bo‘limida vazifaning nomi, qisqacha izohi va bajarish muddati kiritiladi. Shundan so‘ng vazifa Topshiriqlar ro‘yxatida aks etadi.
Ro‘yxatdagi vazifa nomi ustiga bosish orqali uni tahrirlash yoki natijalarni qayd etish bo‘limiga o‘tish mumkin.
Vazifa bajarilgach, sahifaning “Natija ma’lumotlari” qismida:
– vazifaning bajarilish izohi yoziladi;
– hisobot fayli yuklanadi;
– vazifa statusi “Tugallangan” holatiga o‘tkaziladi.
Muhim! Har bir tyutor o‘z shaxsiy ish rejasini mustaqil shakllantiradi va ularning ma’lumotlari boshqa tyutorlarga ko‘rinmaydi.
Avvalroq, HEMIS tizimining test imtihonlarini topshirish funksionaliga tinglovchini yuz tasviri (FaceID) asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi.
