Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berish holatlari aniqlangan.
Surxondaryo viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirlarda 2002 yilda ushbu viloyatda tug’ilgan fuqaro o’zining yashash xonadonida 3 nafar fuqaroga bir nechta diniy adabiyotlardan foydalangan holda hujra tartibida diniy saboq berib kelayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu viloyatning Sho’rchi tumanida 1967-yilda tug’ilgan fuqaro 8 nafar voyaga yetmagan bolalarga moddiy manfaati evaziga diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlangan. Har bir diniy ta’lim oluvchining ota-onasidan 1 oy uchun 250 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha haq olgan va arab tilida yozilgan 10 ga yaqin diniy adabiyotlardan foydalanganligi aniqlangan.
Ayni damda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganligi ta’kidlangan.
Avvalroq, Namangan shahar Sihatgoh MFY Chamanzor koʻchasida doimiy roʻyxatda turuvchi 1994-yilda tugʻilgan shaxs voyaga yetmagan yoshlarga noqonuniy diniy taʼlim berayotgani aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.
