Sudlangan shaxs pedagogik faoliyat bilan shugʻullana olmaydimi?

Sudlangan shaxs pedagogik faoliyat bilan shugʻullana olmaydimi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 16 – maydagi 159 – sonli buyrugʻiga 12-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflariga koʻra oʻqituvchi lavozimining malaka tavsiflariga binoan qoʻyilgan qoʻshimcha talabga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq:

 

– qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Shuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.

 

Shunga koʻra sudlanganlik maqomi olib tashlanmagan boʻlsa, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish mumkin emas.

 

Avvalroq, kimlar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emasligi haqida xabar bergan edik.