Xususiy maktab va bog‘cha to‘lovlari uchun ota-onalarga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?

Xususiy maktab va bog‘cha to‘lovlari uchun ota-onalarga soliq imtiyozi qo‘llaniladimi?

Jismoniy shaxslarning bir qator daromadlari qonun bilan soliqdan ozod qilinadi. Mazkur daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 378-moddasida belgilangan.

 

Bunday imtiyozlarda biri ushbu moddaning 16-bandiga ko‘ra Soliq toʻlovchining farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar uchun yoʻnaltirilgan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

 

Mana shu qoidaga koʻra, agar ota-ona farzandlarini xususiy maktabga yoki bogʻchaga bergan boʻlsa, ularning oʻqishi uchun yoʻnaltirilgan 3 mln soʻmgacha boʻlgan ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinadi.

 

Agar xususiy bog‘chaga to‘lovni ota-onadan boshqa qarindoshlar to‘lagan bo‘lsa soliqdan ozod qilinadimi?

 

Imtiyoz faqat bolaning ota-onasiga beriladi. Shuningdek, ular rasmiy ish bilan band bo‘lishi kerak.

 

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

 

Ota (ona) imtiyozni:

— ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;

— soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin.

 

Deklaratsiya yuborilgandan so’ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.

 

Deklaratsiya to’ldirish bo‘yicha videoqo’llanma