Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, magistratura bo‘yicha qabul kvotasi jami 17 500 tani tashkil etadi.
Shundan davlat granti: 9 365 ta, (o‘zbek tili – 8 092 ta, rus tili – 1 273 ta)ni kontrakt bo‘yicha kvotalar esa 8 135 ta (o‘zbek tili – 6 539 ta, rus tili – 1 596 ta)ni tashkil etadi.
Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi
Ta’kidlash lozim, oldinroq, 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o’tkazilmasligi haqida xabar bergan edik.