Bugundan talabalar poyezd chiptalarini 50 foiz chegirmada xarid qilishlari mumkin

Bugundan talabalar poyezd chiptalarini 50 foiz chegirmada xarid qilishlari mumkin

Talabalar poyezd chiptalarini 50% chegirmada xarid qilishlari mumkin.

 

Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

 

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.

 

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

 

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android  va iOS  ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.

 

Avvalroq, talabalar uchun qishki ta’tilda transport xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.