Qirg‘iziston prezidenti maktabga ogʻir sharoitda qatnayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi

Qirg‘iziston prezidenti maktabga ogʻir sharoitda qatnayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati, Koo-Chati qishlogʻida yashovchi 4-sinf oʻquvchisining qor beligacha kelsa ham, maktabga ketayotgani aks etgan video internetda keng tarqaldi. Joriy yilning 17-dekabr kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ushbu oʻquvchi bilan uchrashdi.

 

Prezident matbuot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, davlat rahbari qor yogʻganiga qaramay, muntazam ravishda maktabga qatnayotgan bolaning saʼy-harakatlaridan mamnun boʻlgan. Shu munosabat bilan Sadir Japarov oʻquvchini anʼanaviy Prezident archasi tadbiriga taklif etishni hamda davlat rahbari nomidan esdalik sovgʻasi topshirishni buyurgan.

 

Shuningdek, Prezident bolakay bilan shaxsan uchrashib, unga bir necha sovgʻalar: kompyuter, toʻp va oʻzining eski mobil telefonini bergan.

 

“Sening videoingni koʻrganimda, oʻzimning bolaligimni esladim. Men ham sening yoshligingda qalin qorlarni kechib maktabga borardim. Bizning qishlog‘imiz Keng-Suu edi — hozirgi kichik vatanim. O‘sha paytlari qor yarim metr, ba’zida hatto bir metrgacha yog‘ardi. U paytda traktorlar yo‘q edi, yo‘llarni ochib beradigan texnika ham bo‘lmasdi. Shunaqa sharoitda sen kabi piyoda yurib maktabga borardik. Seni ko‘rib, o‘sha bolaligim esimga tushdi. Barakalla, bolam” — dedi Prezident Japarov.

 

Avvalroq, Qirg‘izistonda Fan va oliy ta’lim vaziri mast holda avtomobil boshqargani uchun ishdan bo‘shatilgani haqida xabar bergan edik.