Oʻzbekistonda eng koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan oʻquv markazlari roʻyxati ochiqlandi

Oʻzbekistonda eng koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan oʻquv markazlari roʻyxati ochiqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistonda isteʼmolchilarning eng koʻp eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari roʻyxati eʼlon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2024–2025-yillar davomida nodavlat taʼlim xizmatlari boʻyicha 1 200 ga yaqin murojaat qabul qilingan.

 

Ularning asosiy qismini quyidagi oʻquv markazlari va onlayn taʼlim platformalari tashkil etgan:

 

–  Newton Academy, NewTone school;

 

–  MyTeacher onlayn ingliz tili kursi;

 

–  “Prep.uz” onlayn rus tili kursi;

 

–  “Badavlat ayol” loyihasi;

 

–  “Qadam Education” oʻquv markazi;

 

–  Lerna, Skillbox, Geekbrains;

 

–  “Interno Edu” MCHJ;

 

– Englify MCHJ;

 

–  Niyat Education;

 

–  Sevenedu onlayn til markazi.

 

Tahlillarga koʻra, bir qator nodavlat taʼlim xizmatlarida taʼlim sifati qoniqarsizligi, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun toʻlov undirilishi, shartnoma shartlari va pulni qaytarish tartibi boʻyicha yetarli maʼlumot berilmasligi kabi holatlar kuzatilgan.

 

Shu bilan birga, “Uzum Nasiya”, “Shaffof moliya”, Paylater va boshqa muddatli toʻlov platformalari orqali tuzilgan shartnomalarni bekor qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, reklamada berilgan vaʼdalar amalda bajarilmayotgani toʻgʻrisida eʼtirozlar bildirilgan.

 

Qoʻmita shu kabi muassasalarni qonunchilikka, litsenziya talablariga, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishga chaqirgan va javobgarlik toʻgʻrisida eslatgan.

 

Nodavlat taʼlim xizmatlaridan foydalanishda xizmat koʻrsatuvchining faoliyati, litsenziyasi va ruxsatnomalarini oldindan tekshirish lozimligi taʼkidlandi.