Joriy yil bitiruvchilarining majburiy fanlardan natijalari qanday?  - Ta’lim xabarlari
Joriy yil bitiruvchilarining majburiy fanlardan natijalari qanday? 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida bitiruvchilarning hududlar kesimida majburiy bloglarni ishlash ko‘rsatkichi taqdim etildi.

Eng yuqori natijani Toshkent shahri bitiruvchilari qayd etgan bo‘lsa, Andijon va Surxondaryo viloyati nisbatan pastroq ko‘rsatkichlarga ega.

 

To‘g‘ri ishlangan savollar foiz ko‘rsatkichida.

 

1.Toshkent shahri — 44,475 foiz

 

2. Buxoro viloyati — 45,732 foiz

 

3. Navoiy viloyati — 45,458 foiz

 

4. Farg‘ona viloyati — 43,35 foiz

 

5. Namangan viloyati — 42,186 foiz

 

6. Jizzax viloyati — 42,091 foiz

 

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 42,023 foiz

 

8. Sirdaryo viloyati — 41,79 foiz

 

9. Toshkent viloyati — 41,59 foiz

 

10. Xorazm viloyati —41,397 foiz

 

11. Samarqand viloyati — 41,101 foiz

 

12. Qashqadaryo viloyati — 40,299 foiz

 

13. Andijon viloyati — 39,675 foiz

 

14. Surxondaryo viloyati — 39,598 foiz

 

Umumiy bitiruvchilar bu yilgi majburiy testlarda o‘rtacha 42 foiz to‘g‘ri javoblarni belgilashgan.

 

Oldinroq bu yilgi sinovlarda 378 574 nafar 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etib ularning 40 foizi minimal 56,7 baldan yuqori natijani qayd eta olmagani haqida xabar bergandik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры