Kyotodagi Kiyomizu-dera ibodatxonasida yaponcha “Kuma” (熊) harfi (ayiq ma’nosini bildiradi) 2025-yilning rasmiy ramzi sifatida tanlangani e’lon qilingan.
Joriy yil ushbu ommaviy ovoz berish 1995-yilda boshlanganidan buyon 31-marta o‘tkazilgan. “Ayiq” ma’nosini beruvchi, “kuma” deb talaffuz qilinadigan ieroglif 189 mingdan ortiq taklif orasida 23 346 ta ovoz to‘plab, eng ko‘p ovoz olgan belgi bo‘ldi. Ovozlar joriy yil 1-noyabrdan haftaning seshanba kunigacha qabul qilingan.
Ta’kidlashicha, mazkur ieroglifning tanlanishiga joriy yilda mamlakat bo‘ylab ayiq bilan bog‘liq hodisalar ko‘payib, katta zarar yetkazilgani va jamoatchilikda xavotir kuchaygani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, yaponlar har yili 12-dekabrda (Yaxshi Kanji kuni) yil ruhini ifodalovchi harfni tanlashadi va g‘olib harf ibodatxonada katta cho‘tka bilan bayramona tarzda yoziladi.
