Elektron jurnal emaktab.uz da 2-chorak baholarni chiqarish tartibi

Elektron jurnal emaktab.uz da 2-chorak baholarni chiqarish tartibi

Elektron jurnal emaktab.uz da 2-chorak baholari quyidagi tartibda chiqariladi:

 

2-9-sinflar uchun dars soati haftasiga 1 soat yoki 0,5 soat boʻlsa, 2-chorak ustuniga 1- 2-chorak oʻrtacha ballarining oʻrtacha qiymati qoʻyiladi.

 

10-11-sinflar uchun dars soati haftasiga 1 soat yoki 0,5 soat boʻlsa, 2-chorak ustuniga 1-2-chorak oʻrtacha ballarining oʻrtacha qiymati qoʻyiladi va yarim yillikka ham 2-chorak baholari qoʻyiladi.

 

2-9-sinflarda dars soati haftasiga 1,5 soat va undan koʻp boʻlsa, choraklik bahoga baholarning oʻrtacha qiymati qoʻyiladi.

 

10-11-sinflarda dars soati haftasiga 1,5 soat va undan koʻp boʻlsa, choraklik bahoga baholarning oʻrtacha qiymati qoʻyiladi va yarim yillikka 1-2-chorak baholarining oʻrtacha qiymati qoʻyiladi.

 

Oʻrtacha qiymatda 1,5 – 2,49 ball oraligʻiga 2 baho, 2,5 – 3,49 ball oraligʻiga 3 baho, 3,5 – 4,49 ball oraligʻiga 4 baho va 4,5 – 5 ball oraligʻiga 5 baho chiqariladi.

 

Eslatma: 1-sinflarga barcha fanlardan 1-2-choraklik baholar chiqarilmaydi, “OZ” belgisi qoʻyiladi. Chetga elga chiqib ketgan yoki darsga qatnashmagan oʻquvchilar uchun chorak baho ustuniga B/O yoki T/O belgisi qoʻyiladi.

 

Avvalroq, o‘quv yilining ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi jarayoniga 5-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinishi haqida xabar bergan edik.

 

Elektron jurnal emaktab.uz da 2-chorak baholarni chiqarish tartibi