Bahorgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 15 kun qoldi

Bahorgi attestatsiya uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanishiga 15 kun qoldi

2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

 

Yanvar oyida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin bo‘ladi.

 

Murojaatlarni:

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz  (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

 

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;

 

– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi.

 

Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.

 

Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.