Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

2025-yilning IV choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari e’lon qilingan.

 

Test sinovlari 2025-yilning dekabr oyining quyidagi ikki sanasida o’tkazilishi rejalashtirilgan:

 

Dekabr:

— 2025-yil 11-dekabr
— 2025-yil 25-dekabr

 

Test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.

 

Shuningdek, test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

 

Ma’lumot uchun: ushbu havola orqali nostrifikatsiya nima? va bu imtihon Oʻzbekistonda qanday tartibda oʻtkazilishi haqida bilib olishingiz mumkin.