Qoraqalpog‘istonda ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 13-dekabr kuni “Samanko‘l” OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar ko‘chasidagi uyni ijaraga olib ikkita nabirasi bilan birga yashayotgan fuqaro uyini isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan boshqa xonaga ko‘chirgan. So‘ng uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.

 

Buning oqibatida oila a’zolari gazning yonayotgan tutunidan, ya’ni is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro A.J. va uning ikki nabirasi — 2011-yilda tug‘ilgan A.S. (8-sinf) va 2015-yilda tug‘ilgan A.Q. (4-sinf) o‘zlariga kelmasdan voqea joyida vafot etgan.

 

Tuman hokimligi marhumning oilasiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilayotganini bildirdi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.