Ayni daqiqalarda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari boʻlgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Joriy yilda Oʻzbekistonning bilimli yoshlari jami 210 ta medal, shundan 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Eng muhimi, oriy yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan oʻquvchiga 1 mlrd soʻmdan koʻproq pul mukofoti berilmoqda.
Masalan, Daler Rahimov hamda Mirjahon Muhammadov 1 mlrd 39 mln soʻmdan mukofot olishdi. Chempionlarni tayyorlaydigan ustozlardan Mohira Boltayeva esa 591 mln soʻm mukofot pulini qoʻlga kiritdi.
Nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, ICHO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor boʻlgan oʻquvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:
Oltin medal uchun: 1 mlrd 30 mln soʻm;
Kumush medal uchun: 618 mln soʻm;
Bronza medali uchun: 412 mln soʻm.
Ularning ustozlariga esa:
Oltin medal uchun: 185 mln 400 ming soʻm;
Kumush medal uchun: 103 mln soʻm;
Bronza medali uchun: 61 mln 800 ming soʻm.
Joriy yilda gʻoliblarga jami 13 mlrd soʻm mukofot puli berildi. Oʻtgan yili bu summa 3,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.


