Ikki nafar xalqaro fan olimpiadasi gʻolibiga 1 mlrd. 40 mln soʻmdan pul mukofoti berildi

Ikki nafar xalqaro fan olimpiadasi gʻolibiga 1 mlrd. 40 mln soʻmdan pul mukofoti berildi

Ayni daqiqalarda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari bo’lgan o’quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

 

Joriy yilda bilimli yoshlarimiz jami 210 ta medal, shundan 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.

 

Joriy yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o’quvchiga 1 mlrd so’mdan ko’proq pul mukofoti berilmoqda!

 

Daler Rahimov — qariyb 1 mlrd. 40 mln so‘m sohibi!

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Daler Rahimov qariyb 1 mlrd. 40 mln so‘m, xususan:

 

– 57-Xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 1 mlrd. 30 mln so‘m;

 

– 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln. 944 ming so‘m;

 

–  Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln. 944 ming so‘m mukofotga ega bo‘ldi.

 

 

Mirjahon Muxammadov ham qariyb 1 mlrd. 40 mln so‘m bilan taqdirlandi

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning yana bir o‘quvchisi Mirjaxon Muxammadov ham:

 

–  57-Xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 1 mlrd. 30 mln so‘m;

 

–  59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln. 944 ming so‘m;

 

–  Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln. 944 ming so‘m bilan taqdirlandi.