Bir nechta sertifikatga ega umumtaʼlim fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama qay tartibda to‘lanadi?

Bir nechta sertifikatga ega umumtaʼlim fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama qay tartibda to‘lanadi?

Savol: Men Toshkent viloyati Angren shahridagi maktablarning birida matematika va informatika fanidan dars beraman. Malaka toifam ikkinchi. Savolim, menda matematika fanidan xalqaro sertifikat bor va men shu Sertifikat uchun 50% ustama olmoqdaman. Agar, men matematika fanidan milliy sertifikat olsam, unga ham qoʻshilib ustama toʻlanadimi?(50+20=70%)

 

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi) ga ko‘ra, umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.

 

Ma’lumot o‘rnida: Bu oʻqituvchiga Sertifikatlarning faqat bittasi uchun, yaʼni yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi xalqaro Sertifikat uchun 50% ustama toʻlanadi!

 

Lekin, bu normaning qolgan turdagi ustamalarga umuman aloqasi yoʻq, yaʼni oʻqituvchi bir vaqtda:

 

— 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan oliy yoki birinchi toifa uchun beriladigan 70% lik ustamani;

— Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Sertifikat uchun (50% yoki 20%) beriladigan ustamalarni;

— Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarni (5,5*1271000);

— Direktor jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan (40% gacha);

— Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagoglarga toʻlab beriladigan ustamalarni;

— Yangi baholash tizimini samarali joriy etgan, taʼlim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga (40 %gacha) toʻlab beriladigan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ustamalarni olishi mumkin!