11 yoshli yana bir oʻquvchi chet tili imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritdi

11 yoshli yana bir oʻquvchi chet tili imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritdi

Surxondaryoda 11 yoshli oʻquvchi  tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritdi.

 

Kenjayev Nodirbek Bekzod oʻgʻli 2014-yil 27-mayda tugʻilgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Dehqonariq mahallasida yashaydi. Tumandagi  21-maktabning 6-“V” sinf oʻquvchisi.

 

U Multilevel imtihonining toʻrtala qismidan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:

 

Listening (Tinglab tushunish) — 75 (maksimal);

 

Reading (Oʻqish) — 62;

 

Writing (Yozish) — 38;

 

Speaking (Gapirish) — 40;

 

Overall (Umumiy ball) — 54.

 

Xuddi shunday natijani 11 yoshli qashqadaryolik oʻquvchi qiz ham qayd etgandi.

 

Avvalroq esa, Andijonda 2-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 darajali sertifikatni qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.

 

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari sanalari jadvali e’lon qilindi.