Avstraliyadan so‘ng Daniya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqda

Avstraliyadan so‘ng Daniya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqda

Xabaringiz bor, Avstraliya shu hafta 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun dunyoda birinchi bo’lib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi.

 

Endi Daniya ham uning yo’lidan borishni va yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni keskin cheklashni rejalashtirmoqda.

 

Daniya hukumati yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilish maqsadida 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

 

Ushbu qonun loyihasi 2026-yil o‘rtalarida kuchga kirishi mumkin.

 

Xabar qilinishicha, taklif qilingan chora-tadbirlar ba’zi ota-onalarga farzandlariga 13 yoshdan boshlab ijtimoiy tarmoqlarga kirishga ruxsat berish huquqini beradi, ammo vazirlik hali rejalarni to’liq oshkor qilmagan.

 

Daniya rasmiylari cheklovlariga qaramay, 13 yoshgacha bo’lgan Daniya bolalarining qariyb 98 foizi kamida bitta ijtimoiy tarmoq platformasida profilga ega ekanligini va 10 yoshgacha bo’lgan bolalarning deyarli yarmida profil borligini aytgan.

 

Tadqiqotlarga ko’ra, kuniga 3 soatdan ortiq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan o‘smirlar xotira, diqqatni jamlash va lug‘at boyligi bo‘yicha testlardan yomonroq natija ko‘rsatadi.