70 foizlik ustama miqdori taxminan necha soʻmni tashkil qiladi?

70 foizlik ustama miqdori taxminan necha soʻmni tashkil qiladi?

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.

 

Masalan, oliy toifali oʻqituvchining haftalik yuklanmasi 1 stavka (20 soat) boʻlsa,

 

Hozirgi kunda Oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stafkasi 5 143 737 soʻmni tashkil qiladi * 0,70 = 3 600 615 (bu bir oylik ustama)

 

1 stavka dars uchun toʻlab beriladigan 70% ustama miqdori (Oliy toifa)

 

– bir oylik ustama 5 143 737 * 0,70 = 3 600 615 soʻm;

 

– bir yillik ustama 3 600 615*12 = 43 207 390 soʻm;

 

– ikki yillik ustama 3 600 615*24 = 86 414 781 soʻm.

 

1 stavka dars uchun toʻlab beriladigan 70% ustama miqdori (Birinchi toifa)

 

– bir oylik ustama 4 654 402 * 0,70 = 3 258 081 soʻm;

 

– bir yillik ustama 3 258 081*12 = 39 096 976 soʻm;

 

– ikki yillik ustama 3 258 081*24 = 78 193 953 soʻm.

 

Ma’lumot uchun, bu aynan bir stavkada ishlayotgan oliy va birinchi malaka toifali oʻqituvchilar uchun 70% ustamaning taxminiy hisob-kitoblari boʻlib, oʻqituvchining haqiqiy yuklamasidan kelib chiqqan holda hamda ish haqlaridan toʻlandigan soliqlar hisobiga ustamalar miqdori oʻzgarishi (oshishi yoki kamayishi) ham mumkin.