Milliy test tizimi doirasida ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati qayta shakllantirildi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
– mazmun jihatdan qisman yangilandi – asarlar janrlar bo‘yicha guruhlandi va ro‘yxatga lirik asarlar kiritildi;
– son jihatdan qisman yangilandi – mazmun va janr rang-barangligini ta’minlash maqsadida yirik hajmli asarlar miqdori kamaytirildi.
Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga:
– 2026-yil 1-aprelga qadar AMALDAGI (40 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida;
– 2026-yil 1-apreldan so’ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi.
AMALDAGI (40 ta) hamda YANGI (36 ta) mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.
Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi.


