Bogʻcha tarbiyachi-pedagoglariga ham 70% lik ustama toʻlanadimi?

Bogʻcha tarbiyachi-pedagoglariga ham 70% lik ustama toʻlanadimi?

Savol: ‘‘70% ustama maktab oʻqituvchilari uchun, MTT tarbiyachilari uchun emas’’ – deyishyapti? Shu toʻgʻrimi?

 

Javob: Bogʻcha tarbiyachi-pedagoglariga ham 70% lik ustama toʻlanadi. Pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga ko‘ra, davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog va psixolog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

Ushbu nizomning 48-bandiga ko‘ra, Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

 

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.

 

Avvalroq, bogʻchalarda C1 sertifikatiga ega rus tili fani oʻqituvchilariga ustama toʻlanmasligi haqida xabar bergan edik.