Hukumatning 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori 3-ilovasiga ko’ra, “Kelajak” markazlari pedagoglari oyligining 8 barobarigacha, direktorlar va oʻrinbosarlar oyligining 5 barobarigacha ustama oladi.
Qarorga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan rahbar va pedagog xodimlarga:
– direktor va o‘rinbosarlar uchun ularning lavozim maoshining 5 baravarigacha va qolgan xodimlar uchun 8 baravarigacha har oylik ustama;
– sohani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi, har bir ishlanmaydigan bayram kunlari munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorida moddiy rag‘batlantirish to‘lanadi.
Bunda moddiy rag‘batlantirish miqdori jamg’armaning amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.
Qaror bilan tanishish – Faylni yuklash
Avvalroq, “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilangani haqida xabar bergan edik.

