“Gramota” portali 2025-yilning asosiy so‘zi sifatida “zumer” so‘zini tanladi

“Gramota” portali 2025-yilning asosiy so‘zi sifatida “zumer” so‘zini tanladi

“Gramota” portali mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, “zumer” so‘zi yil so‘zi deb tanlandi. Unga 42% ovoz berilgan. Yetakchi uchlikka, shuningdek, “charchash” (burnout), “red-flag” va “prompt” so‘zlari ham kirgan.

 

O‘tkazilgan so‘rovnomada Rossiya bo‘ylab 23 tashkilotdan 469 filolog ishtirok etgan. Har bir ishtirokchi maksimal uchta so‘zga ovoz berishi mumkin bo‘lgan.

 

“Yil so‘zi”ni tanlashning yakuniy bosqichi ekspertlar ovozi bo‘lib, bir nechta bosqichlardan iborat metodologiyaga asoslanadi. Avval tadqiqotchilar lug‘atlarda hali qayd etilmagan, ammo til foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llanilayotgan so‘zlarni saralaydi. Keyin turli manbalar bo‘yicha statistik tekshiruv o‘tkaziladi.

 

“Gramota” portalining rahbari Konstantin Derevyanko shunday tushuntiradi:

Zoomer — bu xalqaro so‘z. Muhimi, u hozir hamma eshitadigan so‘zga aylangan. Zoomerlar 2000-yillarda tug‘ilgan, ular “yangi kattalar” bo‘lib, hayotimizga kirib kelmoqda, rivojlanmoqda, qarorlar qabul qilmoqda va kelajagimizni qurmoqda.

Leksikolog va neologiya mutaxassisi Marina Priyemyisheva fikricha:

Zoomer so‘zi allaqachon hamma uchun tanish, lekin uning ma’nosi kengaydi, u yosh avlod uchun ramziy belgi bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, bizni so‘z emas, balki fenomen qiziqtirdi: zoomerlar diqqatni tortadi, ularning harakati ko‘pincha kattalarni hayratga soladi va biz ularning orqali yosh avlod dunyoqarashi bilan bog‘liq yangi muammolarni tushunamiz.”

Ta’kidlash joizki, “Gramota” portali ham qisman “zoomer” hisoblanadi: portal 2000-yilda tashkil etilgan va 2025-yilda 25 yoshini nishonlagan.

 

Shuningdek, Cambridge Dictionary (Kembrij lug’ati) 2025-yilning so‘zi sifatida ‘‘parasocial’’ (parasotsial) atamasini tanlagan. Bu atama odamning mashhur shaxs bilan shaxsan tanish bo’lmasa ham, o’zini ular bilan hissiy aloqada his qilishini anglatadi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu atamaga bo’lgan qiziqish ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan madaniy hodisalar tufayli ortgan.