O‘zbekistonda IELTS imtihonidan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

O‘zbekistonda IELTS imtihonidan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

Bugun, 12-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida  ikkinchi marotaba  “O‘quv markazlari forumi” o‘tkazilmoqda.

 

Forumda respublika bo‘ylab 700 ga yaqin o‘quv markazi vakillari, ta’lim sohasida katta tajribaga ega TOP spikerlar, mashhur blogerlar va ta’lim yo‘nalishida kontent yaratuvchi mutaxassislar jamlangan.

 

Ushbu forum oʻquv markazlari uchun tajriba almashish, aloqa oʻrnatish va taʼlim sohasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

 

Forum doirasida e’lon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etgan.

 

Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.

 

Avvalroq, Taʼlimxabarlari jamoasi tomonidan Oʻzbekistondagi eng yosh IELTS 9 sohibasi Nozimaxon Qadamova bilan suhbat oʻtkazilgan edi.