Maktab oshxonasiga qanday gigiyenik talablar qo‘yilgan?

Maktab oshxonasiga qanday gigiyenik talablar qo‘yilgan?

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi maktab oshxonasiga qo’yilgan gigiyenik talablar haqida ma’lumot berdi.

 

Qo‘yiladigan talablar:

 

1. Xonalar va jihozlar talablari:

 

  • oshxona xonalari toza, yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi kerak;

  • devorlar 1,7 m balandlikkacha yuviladigan material bilan qoplangan bo‘lishi kerak;

  • pol sirpanchiq bo‘lmagan materialdan bo‘lishi va muntazam yuvib-dezinfeksiya qilinishi kerak.

 

2. Ovqat tayyorlash talablari:

 

  • xom mahsulot bilan tayyor ovqat bir xil joyda ishlanmaydi (kross-kontaminatsiya oldini olish);

  • pichoqlar, doskalar rang bo‘yicha ajratilgan bo‘lishi lozim.

 

3. Idish-tovoqlar gigiyenasi:

 

Idishlar uch pog‘onali yuvish tizimida tozalanadi:

 

  1. sovunli suv;

  2. issiq suv;

  3. dezinfeksiya (maxsus eritma).

 

Choynak, piyola va qoshiq alohida yuviladi. Bir martalik idishlar qayta ishlatilmaydi.

 

4. Sanitariya holati:

 

  • har kuni to‘liq umumiy tozalash, haftada 1 marta chuqur dezinfeksiya qilinadi;

  • chiqindilar qopli chelaklarda saqlanadi va kuniga kamida 1–2 marta olib chiqiladi;

  • zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya, deratizatsiya rejali ravishda o‘tkaziladi.

 

5. Xodimlarga qo‘yiladigan talablar:

 

  • xodimlar maxsus kiyim (xalat, bosh kiyim, fartuk)da ishlashi shart;

  • ish boshlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak;

  • qo‘llarni yuvish uchun maxsus joylar, sovun, dezinfektor bo‘lishi zarur;

  • xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi shart.

 

6. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash:

 

  • mahsulotlar sifat hujjatlari (sertifikat, sifat guvohnomasi) bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart;

  • muzlatkich va kameralar harorati nazorat qilinadi.

 

Avvalroq, maktab oshxonalarida bir qator mahsulotlarning tayyorlanishi va sotilishi taqiqlangani haqida xabar bergan edik.