O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatlarni tanlamoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.

 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,1 ming nafarga yoki 18,9 % ga kamaygan.

 

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:

 

Rossiya – 5 863 nafar;

Tojikiston – 5 761 nafar;

Koreya – 3 344 nafar;

Qirg‘iz R. – 3 835 nafar;

Turkiya – 2 256 nafar;

Xitoy – 1 186 nafar

Qozog‘iston – 1014 nafar;

Buyuk Britaniya – 839 nafar;

Xitoy – 797 nafar;

Germaniya – 366 nafar.

 

Avvalroq, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 2,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida Turkiyaga safar qilganligi haqida xabar bergan edik.