Ertaga chet tillaridan o‘tkaziladigan CEFR imtihonining yozma qismi boshlanadi

Ertaga chet tillaridan o‘tkaziladigan CEFR imtihonining yozma qismi boshlanadi

2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Ushbu sinovlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 29-noyabrgacha, to’lov qilish esa 30-noyabrgacha bo‘lgan edi.

 

Imtihonning yozma qismi — 13-15-dekabr kunlari;

 

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining ‘‘Mening arizalarim’’ bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

 

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

 

Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-12-10-4

 

Avvalroq, 15-16-noyabr kunlari ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.