Ta'lim krediti foizi pasaytirildi - Ta’lim xabarlari
Ta’lim krediti foizi pasaytirildi

Markaziy bank 25-iyul kuni asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Qoida tariqasida agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi, yaʼni ko‘tarilmaydi.

 

Ma’lumot o’rnida, endi ta’lim krediti yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (13,5%) qizlar uchun – foizsiz (0%) ajratiladi.

 

Ta’kidlash lozim, Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

 

birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

 

ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi.

 

Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim.

 

Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

 

2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz” axborot tizimlari orqali shakllantirilish ta’minlanadi.

 

2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры