Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish 11-dekabrdan 22-dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur tanlovda 2025–2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.
