8-sinf o‘quvchisi ona tili va adabiyotdan yuqori darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi

8-sinf o‘quvchisi ona tili va adabiyotdan yuqori darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 69-AFCHO’SMUO’T maktabining 8-sinf o’quvchisi Axmetova Dilnura ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

 

O‘zbek tili va adabiyoti – A (65.17 ball)

 

Avvalroq, Buxorolik 11-sinf o‘quvchisi CEFR hamda ona tili va adabiyotdan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

– 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

– 65 – 69,9 ball — A daraja;

– 60 – 64,9 ball — B+ daraja;

– 55 – 59,9 ball — B daraja;

– 50 – 54,9 ball — C+ daraja;

– 46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

– A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

 

– B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;

 

– A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.