Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma eʼlon qilindi

Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma eʼlon qilindi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qildi.

 

Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.

 

Chiptalarni elektron xarid qilishda eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalaridan foydalanish mumkin.

 

Avvalroq, Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50% gacha chegirmalar e’lon qilgan edi.