Hukumatning 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son qarori bilan “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilandi.
Qarorga koʻra, “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:
2026-yil 1-yanvardan:
– Toshkent shahrida – 30 foiz;
– viloyatlar markazlarida – 25 foiz;
– respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz;
2026-yil 1-sentyabrdan:
– Toshkent shahrida – 60 foiz;
– viloyatlar markazlarida – 50 foiz;
– respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun toʻlov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi. Bunda sentyabr oyi uchun toʻlov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi.
Ota-onalar toʻlovidan quyidagilar ozod etiladi:
– “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari (taʼlim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida);
– alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat oʻquvchilari;
– yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida taʼlim oladigan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar.
