Taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir taʼlim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar oʻz telefoni abonentining chaqiruv ovozini toʻliq oʻchirib qoʻyishi (telefonni “ovozsiz” rejimga oʻtkazishi) shart.
Taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar:
– telefonini oʻchirib qoʻyishi;– telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qoʻyishi shart.
O’quvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
a) telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;v) telefoni yordamida:– atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;– taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;g) oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:– telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;– telefonni stol ustiga qoʻyish;– musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;– surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish (oʻyinlar bilan shugʻullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;– suratga olish va video tasvirga tushirish;– telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Qanday holatlarda o’quvchilarga telefondan foydalanishga ruxsat beriladi?
Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarga mashgʻulotlar va tadbirlar oraligʻida faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qoʻngʻiroq qilishga, SMS, MMS, GPRS joʻnatishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda taʼlim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.
mMshgʻulotlar va turli tadbirlar oraligʻida telefon orqali soʻzlashish uchun xonadan yoʻlakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.
Taʼlim muassasasining oʻqituvchilari va boshqa xodimlari:
– oʻquv mashgʻulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;– darsdan tashqari vaqtda taʼlim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.
