Global Landscape Forum Volunteer Program turli davlatlardan boʻlgan, kelajakda karyerasi, ish doirasini kengaytirish va xalqaro tashkilotlarda amaliyot oʻtash istagida boʻlgan yosh mutaxassislar va talabalar uchun volontyorlik dasturini eʼlon qiladi. Ushbu dastur dunyo miqyosida amalga oshiriladi, yaʼni volontyorlar dunyoning turli davlatlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Dasturda 18-35 yoshoraligʻidagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar atrof-muhit boʻyicha masalalar va global muammolarga qiziqishlari lozim.
Ishtirokchilarning ish vaqti hamda vazifasi ular bajarayotgan ish turiga qarab farq qiladi. Loyiha ishtirokchilari BMT, Jahon banki va shu kabi xalqaro tashkilotlar bilan birga ishlash imkonini qoʻlga kiritishadi. Dastur soʻnggida har bir ishtirokchi tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Dasturga yil davomida ariza topshirish mumkin. Tanlangan ishtirokchilar bilan yil davomida bogʻlaniladi.
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
-
Dasturda 18-35 yosh oraligʻidagi barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
-
Nomzodlar atrof-muhit boʻyicha masalalar va global muammolarga qiziqishlari lozim;
-
Loyihada asosan ijtimoiy tarmoqlar, loyihalarni tashkillashtirish va unga koʻmaklashish, raqamli marketing va tarjima sohasiga qiziquvchilar, tahsil olayotgan va faoliyat olib borayotgan nomzodlar qatnashishlari mumkin;
-
Dasturda ayollar, soni kam millat vakillari, chekka hududlar fuqarolari va shu kabi nomzodlarning ishtiroki ragʻbatlantiriladi;
-
Volontyorlik kategoriyasiga qarab nomzodlardan ingliz, fransuz yoki ispan tilini bilish soʻraladi. Qoʻshimcha tillarni biladigan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
-
Loyiha ishtirokchilari BMT, Jahon banki va shu kabi xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish imkonini qoʻlga kiritishadi;
-
Dasturda qatnashish ishtirokchilarning CV (rezyume)larini boyitish hamda kelajakdagi karyerasini rivojlantirishga yordam beradi;
-
Dastur soʻnggida har bir ishtirokchi tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanadi;
-
Loyiha ishtirokchilari turli davlatlardan boʻlgan insonlar bilan tanishish orqali tajriba almashish va koʻnikmalarini oshirishga erishishadi.
Eslatma! Dastur uchun haq toʻlanmaydi, chunki bu volontyorlik dasturi.
