Al-Azhar universiteti va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy loyihalar boshlanadi

Al-Azhar universiteti va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy loyihalar boshlanadi

Misrdagi islom olamining eng nufuzli ilmiy-diniy maskanlaridan biri — Al-Azhar universiteti rahbariyati Oʻzbekiston bilan ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini maʼlum qildi. Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish muhimligini alohida qayd etgan.

 

Uchrashuv davomida taʼlim va ilm-fan sohasiga oid bir qator qoʻshma tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi:

 

–  ulamolar va mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish;

–  oʻzbek talabalarining Al-Azhar universitetida tahsil olishini qoʻllab-quvvatlash;

–  qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

– konferensiyalar, master-klasslar hamda oʻquv seminarlarini muntazam tashkil etish.

 

Oʻzbekiston delegatsiyasi uchrashuvda mamlakatda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, ekstremizm va radikal gʻoyalarni oldini olish borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda maʼrifatning oʻrni haqida maʼlumot berdi.

 

Shayx Ahmad at-Tayyib oʻz navbatida Oʻzbekiston bilan hamkorlikni tarixiy jihatdan muhim aloqalar sifatida eʼtirof etib, ilmiy va taʼlimiy munosabatlarni yanada mustahkamlash zarurligini taʼkidladi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida:

 

–  qoʻshma ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish,

–  akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish,

–  talabalar va mutaxassislar uchun qoʻshimcha grantlar ajratish,

–  maʼrifiy tadbirlarni muntazam oʻtkazish bo‘yicha kelishuvga erishganini maʼlum qildi.