Bu holatda huquq siz maqolani chop etishingiz bilan ishga tushadi. Yaʼni siz alohida qoʻshimcha harakat qilishingiz kerak emas.
Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga muvofiq, maqola intellektual faoliyat natijasi sanaladi. Unga nisbatan vujudga keladigan mualliflik huquqi asar yaratilishi bilan vujudga keladi.
Shuningdek, ushbu kodeks 1032-moddasiga binoan, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
Shu qoidaga koʻra, fan, sanʼat va adabiyot asarlari (umuman olganda asarlar, shu jumladan maqolalar) yaratilishi bilanoq huquqiy muhofazaga olinadi.
Yuqoridagi qoidalar maqolangiz nashr qilinishi bilan boshqa shaxslarning undan foydalanishini taqiqlaydi.
Agar kimdir maqolangizni sizning ruxsatingizsiz koʻchirib foydalansa, unda himoya choralari ishga tushadi.
Yaʼni, Fuqarolik kodeksining 1040-moddasiga muvofiq, mutlaq huquqlarni himoya qilish, shuningdek:
– mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish orqali;
– yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali.
Demak, kimdir maqolangizni koʻchirsa yoki sizning mualliflik huquqlaringizni buzsa, siz yuqoridagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun hududiy adliya organlariga murojaat qilish kifoya.
