Ko‘ngilochar ta’lim: zamonaviy o‘smirlar chet tilini qanday o‘rganadi?

Ko‘ngilochar ta’lim: zamonaviy o‘smirlar chet tilini qanday o‘rganadi?

O‘smirlarning uchdan bir qismidan ko‘pi chet tilini nafaqat maktab darslarida, balki musiqa tinglab, video-o‘yinlar o‘ynab, filmlar ko‘rib va yangiliklarni o‘rganilayotgan tilda o‘qish orqali ham o‘zlashtirmoqda.

 

Rossiyalik o‘smirlar chet tilini maktab dasturidan tashqari o‘rganish uchun tobora ko‘proq ko‘ngilochar kontentga murojaat qilmoqda. Bunday xulosaga “Учи.ру” va “Дзен” platformalari mutaxassislari 2000 dan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirokidagi so‘rov natijalari asosida kelishgan.

 

Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha (natijalar Forbes Education ixtiyorida), maktab o‘quvchilarining 37 foizi: chet tilini o‘rganishni hayotiga qo‘shib yuborish ancha yoqimli deb hisoblaydi. Chet tili bilan maktabdan tashqari shug‘ullanishning eng mashhur shakli — shu tilda qo‘shiqlar tinglash (31%).

 

Ikkinchi o‘rinda — chet tilidagi video-o‘yinlar (24%), uchinchi o‘rinda — filmlar va seriallar (22%).

 

Мотивация учить английский для детей | Novakid Россия

 

Bunday kontentning jozibadorligini o‘quvchilar quyidagicha izohlashgan:

 

  • qiziqarli mavzular (45%);

  • istalgan vaqtda shug‘ullanish imkoniyati (39%);

  • yangi so‘z va iboralarni samarali o‘rganish (37%);

  • slengni o‘zlashtirish (33%);

  • jonli so‘zlashuv nutqi bilan tanishish (31%);

  • til egalariga ishonch bilan murojaat qilish ko‘nikmasini rivojlantirish (20%).

 

Chet tilida o‘qishni afzal ko‘radigan maktab o‘quvchilari ko‘pincha sayohat, turizm va fan haqidagi maqolalarni tanlashadi — bu mavzular so‘rovda qatnashganlarning 49 foiziga qiziqarli. Madaniyatga oid materiallar 47 foizni, kiberport haqidagi maqolalar esa 34 foizni jalb etgan.

 

Shu bilan birga, o‘smirlarning 21 foizi chet tilidagi yangiliklarni kuniga bir necha marta o‘qiydi, yana 21 foizi — haftasiga bir necha marta, 19 foizi — oyiga bir necha marta. 40 foiz o‘quvchilar esa oyiga bir martadan kam chet tilidagi maqolalarni ochib ko‘rishadi.