Agrar universiteti talabalari stipendiya asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi

Agrar universiteti talabalari stipendiya asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi

Bugun, 10-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.

 

Prezident so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.

 

Xususan, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi.

 

Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi.

 

Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.

 

Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi.

 

Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi.