Qishki ta’til munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning doimiy yashash manzillariga yetib borishlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor kassalar tashkil etildi.
Mazkur sayyor kassalarda talabalar temir yo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.
Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:
— O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.
Manzil: Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi., 4-uy.
— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.
Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50% gacha chegirmalar e’lon qildi.
Chegirma davlat ta’lim muassasasida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Bunday ma’lumotnomani quyidagi usullar bilan olish mumkin:
➖YIDXP orqali onlayn;
➖ta’lim muassasasida;
➖yoki «O‘zbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DMning elektron tasdiqnomasi shaklida.
Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi. Aviachiptalarni 50% gacha chegirma bilan Uzbekistan Airways Sales filialida, O‘zbekiston hududidagi agentlardan va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin. Yo‘lovchi tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 50% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.
