Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 2,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida Turkiyaga safar qilgan.
Statistikaga ko’ra, jami 230 844 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga borgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 32,3 ming nafarga yoki 16,3 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:
– sayohat – 172,4 ming nafar;
– qarindoshlarni yoʻqlash – 51,3 ming nafar;
– oʻqish – 2,3 ming nafar;
– davolanish – 3,3 ming nafar;
– xizmat yuzasidan – 1,6 ming nafar.
