4-kurs talabalari ham “maktab maslahatchisi” lavozimida ishlashi mumkinmi?

4-kurs talabalari ham “maktab maslahatchisi” lavozimida ishlashi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida”gi 368-son buyrug‘i qabul qilindi.

 

Ushbu buyruqqa koʻra, “maktab maslahatchisi” lavozimga davogarlar oliy, bakalavr diplomiga ega bo’lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), mutaxassisligi pedagogika yoki psixologiya yo’nalishida o’qigan bo’lishi talab etiladi. Mehnat staji talab qilinmaydi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, ta’lim standartlaridan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, davlat tilishini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ustuvorlik beradi) lozim.

 

Lavozimga davogarlar kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog’ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo’yicha yetarli ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.

 

Shu sababdan, tugallanmagan oliy maʼlumot egalari bu lavozimda ishlay olmaydi.

 

Avvalroq, maktab maslahatchisi lavozimiga qaysi platformadan ariza topshirish mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

 

Shuningdek, ushbu xabar orqali maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi bilan qaysi lavozimlar qisqarishi haqida bilib olishingiz mumkin.