O‘quvchi va talabalar bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan ‘‘Yangi yil’’ oldi faoliyatlar

O‘quvchi va talabalar bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan ‘‘Yangi yil’’ oldi faoliyatlar

Ko‘pchilik uchun Yangi yil — yangi boshlanish imkoniyati. Odamlar yomon odatlardan voz kechish, yangi narsalarni sinab ko‘rish, maqsadlarga erishish va o‘zining yanada yaxshi versiyasiga aylanish uchun qarorlar qilishadi.

 

Yangi yil bo‘yicha sinf faoliyatlari o‘quvchilarga biroz dam olish va o‘zlarini tahlil qilish imkonini beradi.

 

1. “Kelasi yili men…” (Next Year, I Will…)

 

“Yangi yil maqsadlari” grafik chizib uni to‘ldirish orqali o‘quvchilar quyidagilar haqida o‘ylab ko‘rishadi:

  • sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan yangi narsa;

  • yaxshilamoqchi bo‘lgan ko‘nikma;

  • tark etmoqchi bo‘lgan yomon odat;

  • boshqalarga mehribon bo‘lishning bir yo‘li.

 

So‘ng muhokama qiling: qaysi qarorni bajarish eng qiyin bo‘ladi? Nega? Uni bajarish uchun qanday qadamlar kerak?

 

New Year's Resolutions College Students Can Easily Keep

 

2. Boylik, omad va uzoq umr

 

Dunyo bo‘ylab Yangi yil qanday nishonlanadi? O‘quvchilarga kichik tadqiqot qilish topshirig‘ini bering.

 

Bosqichlar:

 

  1. 5 ta davlat tanlab, Yangi yil odatlarini o‘rganish.

  2. Ularning nimalar yeyishi yoki qanday marosim bajarishini yozib borish.

    • (Masalan, Ispaniyada 12 ta uzum yeb, 12 oy omad tilashadi.)

    • (Filippinda ba’zi odamlar yovuz ruhlarni haydash uchun qozon-tovoq chalaydi.)

  3. Ushbu odatlarning ma’nosini tushuntirish — boylik, omad, uzoq umr yoki yangidan boshlash ramzimi?

 

Topilmalarni sinfga taqdim etish. Xaritada davlatlar joylashgan joyga pin qilib qo‘yish yoki raqamli xaritada belgilash. So‘ng ikki davlatning Yangi yil an’analarini solishtirish yoki o‘z oilasining odatlari bilan taqqoslash mumkin.

 

3. Yangi yil Vision Board (Maqsadlar doskasi)

 

O‘quvchilarga kelasi yil uchun orzu va maqsadlarini tasvirlashga yordam beradigan vision-board yaratishni taklif qiling.

 

Materiallar: karton, jurnal rasmlari, qaychi, markerlar, stikerlar.

 

Jarayon:

 

  • vision board nima ekanini tushuntiring;

  • o‘quvchilar 3–5 ta maqsadini yozadi;

  • rasmlar yoki so‘zlarni qidirib kesadilar;

  • doskani o‘ziga xos tarzda bezatadilar;

  • istasa sinfga taqdim etadilar.

 

Yil oxirida o‘z doskalariga yana bir bor qaytib, erishilgan natijalar haqida suhbat qilish mumkin.

 

Free New Year's Activity Mats – Fun & Engaging for Kids

 

4. So‘zli jumboq (Word Play)

 

“Yangi yil so‘zlarni chalkashtirib yozish” sahifasini yeching. Keyin o‘quvchilar 10 ta yechilgan so‘zdan foydalanib hikoya tuzishadi — har bir guruh a’zosi o‘ziga tegishli so‘z bilan hikoyani davom ettiradi.

 

O‘quvchilar o‘z tematik so‘z-jumboqlarini yaratishi ham mumkin.

 

5. Munozara: Yangi yil qarorlari foydalimi?

 

Sinfda savol qo‘ying:


“Yangi yil qarorlarini qilish kerakmi?”

 

  • “Ha” deganlar sinfning chap tomoniga;

  • “Yo‘q” deganlar o‘ng tomoniga;

  • “Ishonchsiz”lar o‘rtaga o‘tadi.

 

O‘quvchilar fikr bildiradi, qarama-qarshi dalillar orqali joylarini o‘zgartirishlari mumkin. Ya’ni sinf ichidagi debat fikrlashni oshiradi.

 

Kahoot orqali so‘rov o‘tkazish mumkin.

 

Keyin o‘quvchilarga quyidagi mavzulardan birida maqola yozish topshirig‘i beriladi: Masalan, “Yangi yil qarorlarini qilishga arziydigan 5 sabab” mavzusida bo‘lishi mumkin.

O‘quvchi va talabalar bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan ‘‘Yangi yil’’ oldi faoliyatlar