Yaponiyada maktab o‘quvchisi 7 milliondan ortiq kishining ma’lumotlarini ChatGPT yordamida buzib kirdi

Yaponiyada maktab o‘quvchisi 7 milliondan ortiq kishining ma’lumotlarini ChatGPT yordamida buzib kirdi

Joriy yil 4-dekabr kuni Tokio politsiyasi ‘‘Kaikatsu Club’’ internet-kafe tarmog‘i operatoriga kiberhujum uyushtirganlikda gumon qilinayotgan 17 yoshli o‘smirga nisbatan hibsga olish orderini berdi.

 

Metropoliten politsiya boshqarmasi Osaka shahrida yashovchi, o‘rta maktabning ikkinchi bosqichida o‘qiydigan o‘smirni kompyuterga ruxsatsiz kirish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda va biznes faoliyatiga firibgarlik yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlikda ayblamoqda.

 

O‘quvchining javobi esa barchani hayratda qoldirgan. Bola ayblovlarni tan olib, tergovchilarga tizimlarda zaifliklarni topish qiziqarli bo‘lgani uchun buni qilganini aytgan.

 

MPD ma’lumotlariga ko‘ra, yigit ChatGPT sun’iy intellekt chatbotidan foydalanib yaratgan kompyuter dasturi yordamida Kaikatsu Club’ga a’zo bo‘lgan shaxslar haqidagi taxminan 7,25 millionta ma’lumot to‘plamini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.

 

Bola o’zidagi shaxsiy ma’lumotlardan yomon maqsadda foydalanmagani aniqlangan.